Diktantlarni tekshirish va baholash bo'yicha "Ekspertlar guruhi" tashkil qilindi

12.12.2017

Endilikda DIKTANT.UZ saytida diktantlarni tekshirish va ularni baholashni samarali tashkil qilish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Til, adabiyot va folklor instituti vakillaridan iborat maxsus ekspertlar va ishchi guruhlar tashkil qilingan bo‘lib, ularning tarkibi bilan “Ekspertlar guruhi” bo‘limi orqali tanishib chiqishingiz mumkin.