Loyiha haqida

Diktant.uz loyihasi - aholi, ayniqsa yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish uning ijtimoiy mavqeini mustahkamlash, hamda o‘zbek tili ta’limini takomillashtirishga qaratilgan ta’limiy aksiya hisoblanadi. Mazkur aksiyada ishtirok etish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Diktant.uz aksiyasida o‘zbek tili bo‘yicha yozma savodxonliklarini sinamoqchi bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.