Savodxonlik – inson ma’naviyatining ko‘rki

27.05.2019

Siz o‘zingizni savodxon hisoblaysizmi? Berilgan matnni bexato yoza olasizmi? Bu borada o‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi. Ertaga, 28-may kuni, soat 15-00 da universitetda ommaviy diktant tadbiri bo‘lib o‘tadi. Yoshi va kasbidan qat’i nazar bu borada o‘zini sinab ko‘rish istagida bo‘lganlarni Diktant.uz loyihasida ishtirok etishga chaqirib qolamiz.