Masofadan turib diktant yozish imkoniyati mavjud

08.05.2018

Agarda Sizda aksiya o‘tkazilish joyiga kelib ishtirok etishning iloji bo‘lmasa, hech ham qayg‘urmang. Buning uchun diktant yozishda ishtirok etmoqchi bo‘lgan barcha xohlovchilar uchun hamma bilan birgalikda masofadan turib diktant yozish imkoniyati mavjud.

11 may kuni soat 15:00 da aksiya boshlanishi bilan Diktant.uz saytida diktant matnini tinglagan holda diktantni maxsus oynaga onlayn yozishingiz hamda uni aksiya tashkilotchilariga tekshirish uchun yuborishingiz mumkin. Tekshirilgan diktant natijalari aksiya ishtirokchisining shaxsiy kabinetida joylashtiriladi.

Aksiyada ishtirok etishdan oldin esa saytning “Diktantlar” bo‘limida diktant yozishni mashq qilishni tavsiya qilamiz.

Murojaat uchun telefonlar:  99871 281-48-01